date
views 229

Ukraina prezidenti Shevchenkoni o‘ziga maslahatchi etib tayinladi

Ukraina prezidenti Shevchenkoni o‘ziga maslahatchi etib tayinladi

Vladimir Zelenskiy farmoni bilan Ukraina terma jamoasi sobiq futbolchisi va murabbiyi Andrey Shevchenkoni prezidentning mustaqil maslahatchisi bo‘ldi.

"Andrey Nikolayevich Shevchenko Ukraina prezidentining (davlatdan tashqari) maslahatchisi etib tayinlansin", – deyiladi Zelenskiy idorasi saytida e’lon qilingan farmonda.

Shevchenko 2016 yilning iyulidan 2021 yilning avgustigacha Ukraina terma jamoasiga ustozlik qilgan. Bungacha u Kiyevning "Dinamo", Italiyaning "Milan" va Angliyaning "Chelsi" klublarida hujumchi sifatida to‘p tepgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ukraina prezidenti Shevchenkoni o‘ziga maslahatchi etib tayinladi