date
views 323

Zidan bir shart evaziga "Marsel"ni boshqarishga rozi bo‘ldi

Zidan bir shart evaziga "Marsel"ni boshqarishga rozi bo‘ldi

Fransiyalik sobiq futbolchi Zinedin Zidan "Marsel" klubi bosh murabbiyi bo‘lishga tayyorligini ma’lum qildi.

Manbaning xabariga ko‘ra, bir necha hafta oldin 51 yoshli mutaxassis Saudiya Arabistoni vakillari bilan tashkilot fransuz klubini sotib olishgan taqdirda jamoani boshqarishi borasida kelishuvga erishgan.

Ta’kidlanishicha, Yaqin Sharq mamlakati tijorat vakillari "Marsel"ni "fransuz Nyukasl"iga aylantirmoqchi, Zidanga esa loyihaning ambitsiyasi, shuningdek, transferlar uchun 300 million yevro ajratilishi ma’qul kelmoqda.

Shu bilan birga, Frenk Makkort 7 yil avval 45 million yevroga sotib olingan klubni sotish niyatida emasligini ta’kidlamoqda.

Zidan xizmatiga “Real” va “Yuventus” ham qiziqish bildirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zidan bir shart evaziga "Marsel"ni boshqarishga rozi bo‘ldi