25 yoshli futbolchi faoliyatini yakunladi

25 yoshli futbolchi faoliyatini yakunladi
25 yoshli futbolchi faoliyatini yakunladi

Ukrainalik yarim himoyachi Vitaliy Vitsenets futbolchilik faoliyatini yakunladi. Bu haqda uning agenti Vadim Shabliy o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qilgan.

Agentning so‘zlariga ko‘ra, "Shaxter" klubi tarbiyalanuvchisini so‘nggi vaqtlarda jarohatlar doimiy tarzda bezovta qilib kelgan, shuning uchun futbolchi karyerasini yakunlashga qaror qildi.

Biroq u endi ishsiz qolmaydi. Vitsenets Vadim Shabliy ProStar kompaniyasida ishlaydigan bo‘ldi.

ESlatib o‘tamiz, Vitaliy Vitsenets shu vaqtgacha "Shaxter", "Zaryu", "Ilichevets" va "Sevastopol" kabi jamoalarda to‘p surgan. U so‘nggi rasmiy o‘yinini 2013 yilda o‘tkazgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar