OCHL guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan OKMK - "Eyr Fors" uchrashuvidan (1:2) so‘ng mehmon jamoa ustozi Ayub Odisho matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Eyr Fors" ustozi Ayub Odisho: "Bugungi bahsdagi o‘yinimizdan juda xursand bo‘ldim. Shogirdlarim bilan faxrlanaman.
G‘alabadan ko‘nglim to‘ldi. Murabbiylar ishlab chiqqan reja uchun ham rahmat aytaman. Raqibimizga keyingi o‘yinlarda omad tilayman va biz navbatdagi bosqich masalasini ijobiy hal qilamiz deb o‘ylayman".
- "Eyr Fors"ning Toshkentga kelishi oson bo‘lmadi. Kechikib kelishdi. Hatto rasmiy mashg‘ulotda ishtrok etishmadi, biroq ular g‘alaba qozonishdi. "Eyr Fors" futbolchilari maydonga tez ko‘nikib, bemalol harakat qilishdi, bu nima bilan bog‘liq?
- To‘g‘ri. Kelishimizda muammolar paydo bo‘ldi. Biroq bor e’tiborni o‘yinga qaratdik va hammasi biz kutgandek yakun topdi. Mezbonlik uchun sizlarga rahmat aytamiz. Sizlarni Iroqda kutib qolamiz.
- Futbolchiga savol. Ikki o‘yinda 4 ochko, qaysi klub keyingi bosqichga chiqadi?
- Bu haqida gapirishga ancha erta. To‘g‘ri yaxshi ochko to‘pladik. "Sepaxon" va "Al Ittihod" ham yaxshi jamoalar, ularga qarshi qiyin o‘yinlar bor.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring