Osiyo o‘yinlari. Olga Zabelinskaya - Osiyo o‘yinlari chempioni!

Osiyo o‘yinlari. Olga Zabelinskaya - Osiyo o‘yinlari chempioni!

Osiyo o‘yinlarida 3 oktyabr kungi bahslar O‘zbekiston uchun oltin medal bilan boshlandi.

O‘zbekistonlik Olga Zabelinskaya Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Veloshossening shaxsiy poyga dasturida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Olga Zabelinskaya oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Olga Zabelinskaya individual veloshosse poygasida 14 sportchi orasida tengsiz bo‘ldi. U 18,3 km masofani 24:36,99 daqiqada bosib o‘tdi.

Osiyo o‘yinlari. Olga Zabelinskaya - Osiyo o‘yinlari chempioni!

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Olga Zabelinskaya
© NOK

Eslatib o‘tamiz, Osiyo o‘yinlari 23 sentyabrda boshlangan va u 8 oktyabrga qadar Xitoyning Xanchjou shahrida davom etadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar