17:45 / 03.10.2023
167

Xamzat Chimayev -Paulo Kosta jangida kimning imkoniyati yuqori?

Xamzat Chimayev -Paulo Kosta jangida kimning imkoniyati yuqori?

21 oktyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahri super jang kechasiga mezbonlik qiladi. Ha, “UFC 294” turnirini barcha orziqib kutayotganligi aniq. Kard “dahshat”li ko‘rinish olgan. Har bir qarama-qarshilik bir-biridan qiziq o‘tishi turgan gap.

Biroq, bitta jang borki, u Islom Maxachev va Charlz Oliveyra jangidan ham aslo qolishmasligi aniq. Bu Xamzat Chimayev va Paulo Kosta to‘qnashuvidir. Ha, bu jang borasida ko‘p taxminlar ilgari surilmoqda. Biz ham bu borada qisqacha fikrimiz bilan o‘rtoqlashamiz.

- Ha, Chimayev yarim o‘rta vazn (77,1 kg) toifasida o‘z janglarini o‘tkazar va bu safar o‘rta vazn (84 kg)da oktagonga ko‘tariladi. Paulo Kosta esa, ushbu divizionning Top jangchilari sarasiga kiradi. Lekin bu nisbiy tushuncha Chunki Chimayevning gabariti va jimoniy holati o‘zi o‘rta vaznga to‘g‘ri keladi.

Kosta qanday muammo tug‘dirishi mumkin? Kosta sof “stoyka” jangchisi va uning zarbalari Gilbert Byornsnikidan anchagina og‘irroq. Agar, Xamzat Byornsga qarshi jang kabi taktika tanlasa, bu uning eng katta xatosi bo‘ladi, desak yanglishmagan bo‘lamiz. Aynan, “stoyka” Kostaning kuchli jihati.

Minus jihatlari esa, unda “kardio” borasida ham muammolar yo‘q emas. Qolaversa, kurash va “teyk-daun”lardan himoyasi ham mukammal deb bo‘lmaydi. Ayniqsa, Chimayev kabi raqibga qarshi, bu minus jihatlari yaqqol ko‘rinib qolsa, kerak.

Chimayev ham qarshisida qanday raqib turganligini biladi va u garchi g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, Byornsga qarshi jangdan so‘ng yaxshigina saboq olganligi aniq. Shunday ekan, u “stoyka”da jang qilib o‘tirmaydi va darhol o‘z kurashi bilan xujumga o‘tadi. Dastlabki raundlarda Kosta “parter”dagi himoyasi orqali katta kuch yo‘qotishi aniq.

Ikkinchi raundda esa, shundoq ham “kardio”sida muammosi bo‘lgan braziliyalik jangchi Chimayevning grepplingiga dosh bera olmasa kerak. Jang 2-raundda Chimayevning bo‘g‘ish usuli evazidaga g‘alabasi bilan yakunlanadi, degan taxmindamiz. Ya’ni, imkoniyatlar 70/30 Chimayev foydasiga! Albatta, bu shaxsiy fikr. Shunday ekan, barchasi oktagonda hal bo‘ladi.

Ahmadbek Eshmatov


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xamzat Chimayev -Paulo Kosta jangida kimning imkoniyati yuqori?