Bugun Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan XIX Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kungi bahslari ortda qoldi.
Musobaqaning 11-kunida o‘zbekistonlik sportchilar 4 ta medalga sazovor bo‘ldi:
Oltin
Jalgasbay Berdimuhamedov – sport kurashlari
Sharifa Davronova – yengil atletika
Kumush
Muhammadqodir Toshtemirov – og‘ir atletika
Bronza
To‘rabek Habibullayev – boks
Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 54 taga yetdi. Shundan 16 tasi oltin, 16 tasi kumush va 22 tasi bronza medallaridir. Delegatsiyamiz umumjamoa hisobida hozircha kuchli beshlikda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar