Yozgi transferlar vaqtida PSJ rahbariyati jamoaga bosh murabbiy sifatida ispaniyalik mutaxassis Luis Enrikeni olib keldi.
Tajribali mutaxassis ishni jamoani tozalashdan boshladi. Xususan, yangi bosh murabbiy bosimi ostida Parij klubida 11 yil o‘ynagan Marko Verratti ham jamoadan ketdi.
Le Parisien nashrining yozishicha, Luis Enrike Marko Verrattiga yuzlanib “Sen ko‘rganim ko‘zim yo‘q futbolchilar toifasidansan”, degan.
Ispaniyalik murabbiy italiyalik yarim himoyachining o‘yin uslubini yoqtirishi, lekin Verrattining hayot tarzi talabga javob bermasligi sababli shu fikrlarni aytgan.
Buning oqibatida Marko Verratti yozda 45 million yevro evaziga Qatarning “Al-Arabi” jamoasiga o‘tib ketdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar