“Roma” klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino o‘rniga Antonio Konteni taklif qilishga qaror qildi. Bu haqda Sport Mediaset nashri xabarn bermoqda.
Portugaliyalik murabbiyning rimliklar bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Mourino uch yildan beri jamoani Chempionlar ligasiga olib chiqolmayapti. Katta ehtimol bilan u yozda klubni tark etadi.
Shu bois, poytaxt klubi xo‘jayinlari hozirdan bosh murabbiy masalasini hal qilib qo‘ymoqchi. Ular anchadan beri Antonio Konteni olib kelishni orzu qilmoqda. Hozir buning ayni paytdi. Chunki italiyalik murabbiy ishsiz yuribdi.
Konte “Roma”ni qabul qilib olishga ko‘nmaydigan bo‘lsa, zaxira varianti sifatida Alessio Dionizi tilga olinmoqda. Bu mutaxassis “Sassuolo” bosh murabbiyi hisoblanadi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring