date
views 198

“Siti”ni taslim qilgan “Arsenal” ustozi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

“Siti”ni taslim qilgan “Arsenal” ustozi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

Arsenal” hamda "Manchester Siti" o‘rtasidagi APLning 8-tur o‘yinidan (1:0) so‘ng “to‘pchilar” ustozi Mikel Arteta matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Xursandman. Bu g‘alaba kerakli payt, kerakli raqibga qarshi, kerakli futbolchilar bilan sodir bo‘ldi. Yaxshi o‘yin muhim, ammo ishqibozlarning qo‘llab-quvvatlovi ham shart. Bugun katta g‘alabaga erishdik.

Ikkinchi taymni juda yaxshi boshladik. Haqiqatdan ham agressiv o‘yin ko‘rsatdik. O‘zgarishlar ham bizga yordam berdi. Gol bo‘lgan vaziyatda hammasi yuqori darajada bajarildi.

Biz “Siti”ga ko‘plab muammolar taqdim qila oldik. Yigitlarning o‘zini tutishi menga yoqyapti.

Bu jamoaga qarshi o‘ynash juda qiyin. Emotsiyalarni nazorat qilish, o‘ziga ishonish lozim.

David Rayya bugun juda yaxshi harakat qildi. U to‘pni nazorat qilib, yuqoriroq o‘ynadi. Menga qo‘rqmas futbolchilar yoqadi, David shundaylardan biri" - deydi “Arsenal” ustozi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Siti”ni taslim qilgan “Arsenal” ustozi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?