O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etish uchun Xitoyga yetib bordi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Xitoyning Dalyan shahriga yetib bordi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
13 oktyabrda hamyurtlarimiz Vyetnamga qarshi saf tortsa, 16 oktyabr sanasida terma jamoamizni Xitoyga qarshi o‘yin kutib turibdi.
Ma’lumot o‘rnida, Srechko Katanets boshchiligidagi terma jamoamiz Vyetnam va Xitoyga qarshi uchrashuvlarni 61 ming sig‘imga ega “Dalian Sports Center” stadionida o‘tkazadi.































Izohlar 0
…