19:36 / 11.10.2023
415

Yevropada kutilmagan to‘purar chiqdi

Yevropada kutilmagan to‘purar chiqdi

Yevropa nashrlari qit’a chempionatlarida eng ko‘p gol urayotgan hujumchilar reytingini tuzib chiqdi.

Ushbu reytingga Germaniya, Angliya, Avstriya, Belgiya, Shotlandiya, Ispaniya, Fransiya, Gretsiya, Italiya, Niderlandiya, Portugaliya, Rossiya, Shveysariya, Turkiya va Ukraina chempionatlari to‘purarlari kiritilgan.

Unga ko‘ra, birinchi o‘rin Bundesliga kashfiyoti Seru Girassiga tegdi. “Shtutgart” hujumchisi yettinchi uchrashuvida gollari sonini 13 taga yetkazib oldi.

Kuchli o‘nlik quyidagicha ko‘rinish oldi:

1) Seru Girassi (27 yosh/“Shtutgart”/Gvineya) – 13 gol, 7 ta uchrashuv (614 daqiqa o‘ynagan)

2) Santyago Ximenes (22 yosh/“Feyenoord”/Meksika) – 12 gol, 8 ta uchrashuv (644 daqiqa)

3) Lautaro Martines (26 yosh/ “Inter”/Argentina) – 10 gol,  8 ta uchrashuv (636 daqiqa)

4) Vangelis Pavlidis (24 yosh/ “AZ Alkmar”/Gretsiya) – 10 golo, 8 ta uchrashuv (685 daqiqa)

5) Mateo Kassiyerra (26 yosh/ “Zenit”/Kolumbiya) – 9 gol, 10 ta uchrashuv (791 daqiqa)

6) Harri Keyn (30 yosh/ “Bavariya”/Angliya) – 8 gol, 7 ta uchrashuv (602 daqiqa)

7) Mauro Ikardi (30 yosh/ “Galatasaray”/Argentina) – 8 gol, 8 ta uchrashuv (654 daqiqa)

8) Jud Bellingem (20 yosh/ “Real”/Angliya) – 8 gol, 8 ta uchrashuv (677 daqiqa)

9) Erling Xoland (23 yosh/ “Manchester Siti”/Norvegiya) 8 gol, 8 ta uchrashuv (710 daqiqa)

10) Kevin Denki (22 yosh/ “Serkl Bryugge”/Togo) – 8 gol, 10 ta uchrashuv (895 daqiqa)


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevropada kutilmagan to‘purar chiqdi