Xabaringiz bor, “UFC 294” turnirining 2-markaziy jangida Xamzat Chimayevga (12-0) qarshi oktagonga ko‘tariluvchi braziliyalik Paulo Kosta (14-2) tirsagidagi jarohatidan so‘ng, bu jangdan yechilgan edi. Uning o‘rniga esa yarim og‘ir vazn (77,1 kg) toifasi sobiq chempioni nigeriyalik Kamaru Usman (20-3) jang qiladigan bo‘ldi.
Albatta, Usmanning ushbu qisqa muddatda bu jangni qabul qilishiga yetarli sabablar bor. Albatta, katta miqdordagi gonorar va chempionlik jangida ishtirok etish xuquqidir. Dana Uayt rasman Usmanga g‘alaba qozonsa, o‘rta vazn (83,9 kg) toifasida chempionlik jangi berishini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, Kamaru Usman so‘ngi jangida Leon Edvardsga (21-3-1NC) imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar