Futbolchi tortishuvdan so‘ng, Messining orqasidan unga tupurdi (foto)

Futbolchi tortishuvdan so‘ng, Messining orqasidan unga tupurdi (foto)

2026 yilgi jahon chempionatining Argentina va Paragvay o‘rtasidagi saralash uchrashuvida xunuk holat yuz berdi.

O‘yin chog‘ida Paragvay yetakchi o‘yinchilaridan Antonio Sanabriya raqiblar sardori Lionel Messi bilan tortishib qoldi. Keyin messi uning yonidan o‘tib ketayotanida paragvaylik futbolchi Leoning orqasidan unga tupurdi. Bu vaziyat teletranslyatsiya vaqtida kameralar obyektiviga tushib qoldi.

Futbolchi tortishuvdan so‘ng, Messining orqasidan unga tupurdi (foto)

Bu holatga uchrashuvni boshqarib borgan hakam  e’tibor qaratgani yo‘q.

Janubiy Amerika mintaqasining saralash musobaqasi uchinchi turidan o‘rin olgan bu bahsda amaldagi jahon chempionlari 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Bu guruhda argentinalik yuz foizlik natija bilan peshqadamlik qilmoqda. Paragvayliklar esa uchta o‘yinda atigi bir ochkoni qo‘lga kiritgan xolos.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar