2026 yilgi jahon chempionatining saralash bosqichi uchinchi turidan o‘rin olgan Argentina va Paragvay o‘rtasidagi bellashuvda o‘zaro tortishuvdan keyin Antonio Sanabriya Lionel Messining orqasidan unga tupurgan edi. Messi bu holatga quyidagicha izoh berdi.
- Men buni ko‘rmay qoldim. Kiyim almashtirish xonasida raqib futbolchilaridan biri menga tupurganini aytishdi. Men xatto uning kimligini ham bilmayman. Uni ko‘rmadim. Men aytishganini eshitdim xolos.
Bu vaziyatga e’tibor qaratmayman, chunki chuqurlashsak, bu futbolchi hamma joyga jar solib, o‘zini hammaga tanitmoqchi bo‘ladi. Hammasi o‘z holicha qolgani ma’qul, - dedi Lionel Messi.
Qizig‘i shundaki, Antonio Sanabriya ham “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2009-2013 yillar davomida Kataloniya klubi tizimida o‘ynagan.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring