O‘zbekiston Olimpiya termasiga qarshi o‘yindan keyin Ispaniya olimpiyachilari bosh murabbiyi Santi Deniya va futbolchi Alvaro Fernandes fikrlarini bildirib o‘tdi.
- O‘yin kurashlarga boy kechdi. Bugun ikkita to‘liq tarkibimizni sinab olish imkoniyati bo‘ldi. Keyingi rasmiy o‘yinlarga tayyorgarlikni davom ettiramiz. Bizni oldinda Qozog‘istonga qarshi uchrashuv kutib turibdi.
Alvaro Fernandes: - Biz yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Sizlarning terma jamoangiz xam ancha kuchli ekan. Biz keyingi o‘yinlarga tayyorgarlikni davom ettiramiz.
- Bugungi uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasidan qaysi futbolchilarni ta’kidlab o‘ta olasiz?
- Avvalambor terma jamoangizni bugungi chiroyli o‘yin va yaxshi natija bilan tabriklayman. Terma jamoangiz Olimpiya o‘yinlarida yo‘llanma olishiga tilakdoshman. Fikrimcha, O‘zbekiston terma jamoasi tartibli va jamoaviy o‘yin namoyish etdi. Aynan qaysidir futbolchini belgilab o‘tmayman. Butun jamoa yaxshi o‘ynadi.
- Bugun chiroyli o‘yin bo‘ldi, ammo gollarni ko‘rmadik. Bugungi o‘yinga rejangiz qanday edi?
- Bizning asosiy maqsadimiz to‘pga egalik qilish bo‘lgandi. Barcha rejalarimiz o‘xshamadi, ammo bugungi o‘yindan xulosa chiqarib, keyingi uchrashuvlarda yaxshiroq o‘ynashga harakat qilamiz.
- Yaqinda O‘zbekiston futzal terma jamoasiga tayinlangan yangi bosh murabbiy Xose Velansios Lopes o‘yinni bugun stadiondan kuzatdi. Siz janob Lopes bilan ko‘rishdingizmi?
- Men ushbu inson bilan ko‘p ishlaganman va uni yaxshi taniyman. U futzal bo‘yicha katta mutaxassis. Men unga omad tilayman va terma jamoangizga foyda keltirishiga ishonaman. Yurtingizda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida terma jamoangiz yaxshi natijaga erishishiga tilakdoshman.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring