07:30 / 16.10.2023
763

Yevropa klubi qiziqish bildirgan Fayzullayevga rossiyalik mutaxassis maslahat berdi

Yevropa klubi qiziqish bildirgan Fayzullayevga rossiyalik mutaxassis maslahat berdi

Yaqin o‘tmishda Rossiyaning eng mashhur futbolchilaridan bo‘lgan Igor Semshov bugungi kunda “Chayka” jamoasini boshqarmoqda.

Tajribali mutaxassis “RB Sport” jurnalisti bilan suhbatda SSKAda porlay boshlagan Abbosbek Fayzullayev haqida fikr bildirdi.

— Fayzullayev SSKAda o‘zinii yaxshi ko‘rsatyapti, boshlang‘ich tarkibga kirdi va murabbiy unga ishonch bildiryapti.

Abbosbek maydonda o‘ynayotgan paytda boshlang‘ich tarkibda o‘ynash istagi yuqori ekanini isbotlash uchun bor imkoniyatini ishga solishga harakat qilyapti. Fayzullayev o‘zini ko‘rsata olyapti,  hali yosh va salohiyati baland o‘yinchi. Hali yanada o‘sishi kerak. Eng muhimi, unda o‘sish istagi bor. Hozirgi paytda – Abbosbek SSKAni kuchaytira olgan futbolchi hisoblanadi.

— Fayzullayev “Fenerbahche”dan qiziqish bo‘layotganini haqida gap chiqdi. Abbosbek yaqinlashib kelayotgan transfer mavsumida boshqa jamoaga o‘tishi kerakmi?

— Hammaning e’tiboriga tushgan, gol urayotgan va golli pas uzatayotgan futbolchilarga har doim qiziqish bo‘ladi. Balki uning agentlari bu masalani “qizdirayotgandir”.

SSKA uchun jamoa futbolchilariga qiziqishayotgani yaxshi, albatta.  Lekin Abbosbek avval o‘zini shu yerda ko‘rsatishi, asosiy tarkibdagi joyini mustahkamlashi kerak, keyin esa boshqa klublarga o‘tsa bo‘ladi.

Futbolchilarga jamoadan jamoaga ko‘chib yurish og‘ir. Chunki har bir jamoaga moslashish vaqt oladi. Butun faoliyati davomida u yoqdan bu yoqqa ko‘chib yurish va birorta klubda o‘zini yorqin darajada ko‘rsata olmay o‘tib ketish ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullayev 2023 yil davomida 20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida Toshkent shahri mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida g‘olib chiqdi va qit’a musobaqasining eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi.

Keyin Argentinada o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham hujumkor futbolchiiz o‘zini ko‘rsata oldi va xorij klublari e’tiborini qozondi.

Abbos Fayzullayev kutilmaganda Moskvaning SSKA klubi taklifini qabul qildi. Avgust oyida Rossiya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tgan hamyurtimiz qisqa fursatda asosiy tarkibga yorib kirdi.

20 yoshli legionerimiz SSKAning hujumlarini tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatmoqda va uning harakatlari muxlislarga manzur bo‘lyapti, mutaxassislar tomonidan yuqori baholanyapti.

Yaqinda Turkiya ommaviy axborot vositalari o‘zbek futbolchisiga Superliga peshqadami “Fenerbahche” qiziqish bildirayotganini yozdi.

Davralar oralig‘ida transfer harakatlarini amalga oshirishni rejalashtirayotgan “Fenerbahche”da syurpriz nomzod paydo bo‘ldi.

Bosh murabbiy Ismoil Kartal 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ishtirokidagi Osiyo chempionatining eng yaxshi o‘yinchisi, deb topilgan o‘zbekistonlik Abbosbek Fayzullayevni ko‘z ostiga oldi. Kartal topshirig‘iga ko‘ra, skautlar guruhi o‘zbek futbolchisining o‘yinlarini kuzatib kelgan, - deb xabar tarqatdi https://www.sporx.com sayti.

Abbosbek Fayzullayev SSKA safida Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogi doirasida jami 9 marta maydonga tushib, bittadan gol va assist muallifi bo‘ldi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevropa klubi qiziqish bildirgan Fayzullayevga rossiyalik mutaxassis maslahat berdi