Portugaliya terma jamoasi 2024 yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichida safar uchrashuvida Bosniya va Gersegovinani 5:0 hisobida taslim qildi.
Birinchi bo‘limning o‘zida dubl qayd etgan Krishtianu Ronaldu 2023 yilda eng ko‘p gol urgan futbolchilar reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Ikkita aniq zarba evaziga Ronalduning bu yil “An-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi uchun urgan gollari sonini roppa-rosa 40 taga yetdi. 38 yoshli tajribali hujumchi bu ko‘rsatkich bo‘yicha yangi avlod to‘purarlari – Erling Xoland va Kilian Mbappedan o‘zib ketdi.
Xoland “Manchester Siti” va Norvegiya o‘yinlarida bu yil hisobidan 39 ta to‘p kiritgan. PSJ va Fransiya terma jamoasining asosiy hujumchisi Kilian Mbappe hisobida 35 ta gol bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar