Portugaliyadagi aeroportlardan biriga Krishtianu Ronaldu nomi beriladi

Portugaliyadagi aeroportlardan biriga Krishtianu Ronaldu nomi beriladi
Portugaliyadagi aeroportlardan biriga Krishtianu Ronaldu nomi beriladi

Portugaliyaning Madeyradagi aeroporti mamlakatning futbol bo‘yicha terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu sharafiga nomlanishi mumkin. Bu haqda Madeyra regional hukumati raisi Migel Alkubyerre Krishtianu Ronaldu Funshal shahriga (Madeyra orolining eng yirik shahri. Bu yerda futbolchi tug‘ilgan va 12 yoshigacha yashagan) tashrif buyurganida aytib o‘tdi, deb yozmoqda "Qalampir" nashri.

“Milliy minnatdorchilik boqiy emas, ammo Madeyrada buning aksi”, deydi Migel.

Aeroport rasman “Krishtianu Ronaldu Madeyra aeroporti” deb ataladi.

Mazkur orolda Ronaldu muzeyi va uning haykali ham bor.

Kecha, 22 iyul kuni Ronaldu orolga Pestana CR7 mehmonxonasining ochilish marosimida ishtirok etish uchun keldi. Bu Nyu-York, Madrid va Lissabonda ochiladigan xuddi shu nomdagi mehmonxonalardan biri hisoblanadi. Darvoqe, Grupo Pestana Portugaliyadagi mehmonxonalar tarmog‘i bo‘lib, jami 87 ta mehmonxonaga egalik qiladi.

“Portugaliyaga bo‘lgan ishonch va investitsiya uchun rahmat. Portugaliyani dunyoga namoyish etganing uchun tashakkur”, deydi Portugaliyaning turiznm bo‘yicha davlat kotibi Ana Mendes Godinyu.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar