Qozog‘iston chempionatini “yondirgan” Shahboz Umarov — chempionlik uchun kurash, Qozog‘iston chempionatidagi raqobat, keyingi klubi va nima sababdan terma jamoaga chaqirilmayotganining sababini aytdi.
— Chempionlik o‘yiniga qanday tayyorgarlik ko‘rdingizlar? — Bugun tarixiy uchrashuv edi. Qozog‘iston chempionatidagi har uchrashuv juda qiyin kechadi. Barcha jamoalar kurashuvchan. Ammo biz bugun g‘alaba uchun jonimizni berishga ham tayyor edik. Futbolchilar bilan kiyinish xonasida bugun g‘alaba qozonishga majbur ekanligimizni muhokama qilgan edik va yakunda g‘alaba qozonib, chempion bo‘ldik.
Qozog‘iston chempionatining darajasi haqida gapirib o‘tsangiz. Bu yerda raqobat qay darajada?
— To‘g‘risi menda ko‘p jarohatlar bo‘ldi. Qozog‘istondagi birinchi yarim yilni jarohatim sabab o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldim. Hozir hammasi yaxshi. Milliy chempionat darajasini yuqori baholayman. Sababi biz mavsum davomida birorta oson uchrashuv o‘tkazmadik.
Mavsum yakunida klub bilan shartnomangiz tugaydi. Rejalaringiz qanday? Keyingi mavsum sizni boshqa klub va yangi chempionat safida ko‘rishimiz mumkinmi?
— Mavsum hali yakunlangani yo‘q. Bizni chempionatda va kubok finalida o‘yinimiz bor. Hozir emotsiyada kelajagim haqida biror narsa deyish qo‘yishim noto‘g‘ri bo‘ladi. Bugun chempionlikni nishonlayapmiz. Mavsumni tugatib olaylik, keyin esa yaxshilab o‘ylab ko‘rib bir qarorga kelaman.
Terma jamoadan chaqiruv olmayotganingizga munosabatingiz qanday? Terma jamoaga chaqirilmayotganingizning sababi nima deb o‘ylaysiz?
— Meni terma jamoaga chaqirishdi, ammo turli xil sabablarga ko‘ra terma jamoa yig‘inlarida ishtirok eta olmayapman. AQSHda bo‘lib o‘tgan yig‘in va o‘rtoqlik uchrashuvlariga chaqiruv olgandim, biroq viza bilan muammoga duch keldim va shu sababdan yig‘inda ishtirok eta olmadim. Oktyabr oyidagi FIFA kunlarida esa jarohat(mushaklar jarohati) sabab terma jamoamizga yordam bera olmadim.
“Ordabasi” jamoasida mavsum yakunlanganidan so‘ng, agar sizni terma jamoa yig‘inlariga chaqirilishingiz mumkin va shunday ham bo‘lsa ta’til muddatingiz keskin qisqarib ketadi. Bunga fikringiz qanday? Osiyo kubogiga borish imkoniyatlaringizni qanday baholaysiz?
— O‘zbekiston barchamizning vatanimiz va yurtimiz sha’nini himoya qilish barchamizning burchimiz. Men terma jamoaga borimni berishga tayyorman. Terma jamoa safidagi katta musobaqalarda iloji boricha yaxshiroq natija qayd etishimiz kerak.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring