date
views 314

Anchelotti "el-klasiko"dagi g‘alaba qanday qo‘lga kiritilganini tushuntirib berdi

Anchelotti "el-klasiko"dagi g‘alaba qanday qo‘lga kiritilganini tushuntirib berdi

La Liga 11-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Real" bahsi yakuniga yetdi. Mazkur bellashuvda mehmonlar 1:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bellashuvdan so‘ng madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘z fikrlarini bildirdi.

"Asosiy omil taymlardagi kayfiyatning o‘zgargani bo‘ldi. Birinchi bo‘limda biz sekin, erinchoqlik bilan o‘ynagandek tuyuldik, tajovuzkorlik yo‘q edi. Ikkinchisida esa buning aksi bo‘ldi.

Ha, ba’zida o‘zingiz xohlagandek harakat qila olmasligingiz mumkin. Bu bo‘lib turadigan jarayon. Yaxshi hamki ikkinchi taym boshqacha o‘tdi va biz g‘alabani qo‘lga kiritdik.

Luka Modrich uchrashuv dinamikasini o‘zgartirib yubordi. U tushgach, maydonda ko‘proq to‘pni nazorat qila boshladik.

Hali mavsum tugagani yo‘q. "Barselona" ajoyib tarzda shakllanishda davom etmoqda. Ular oxirigacha kurashishadi va shuning uchun ham ular "Barselona", - dedi italiyalik mutaxassis.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Anchelotti "el-klasiko"dagi g‘alaba qanday qo‘lga kiritilganini tushuntirib berdi