Lionel Messi — 8 karra «Oltin toʻp» sohibi!

Lionel Messi — 8 karra «Oltin toʻp» sohibi!
Foto: Getty Images

Parijda 2023 yil uchun «Oltin toʻp» sovrinini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda jahonning eng yaxshi futbolchisi va yana bir qator nominatsiyalarda gʻoliblar aniqlandi.

Asosiy mukofot «Inter Mayami» klubi va Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messiga nasib etdi.

36 yoshli hujumchi oʻtgan mavsumda milliy jamoasi bilan jahon chempionatida zafar quchdi va turnirning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi.

Shuningdek, Leo «PSJ» safida Liga 1da chempion boʻldi, Mayami klubi bilan MLS Liga Kubogida gʻolib chiqdi.

Shu tariqa Messi faoliyatida 8-bor jahonning eng yaxshi oʻyinchisiga aylandi. Bu — rekord.

Top-5dan «Manchester Siti»ning norvegiyalik hujumchisi Erling Holand (2), «PSJ»ning frantsiyalik vingeri Kilian Mbappe (3), «Manchester Siti»ning belgiyalik havbeki Kevin de Bryuyne (4) va ispaniyalik tayanch yarimhimoyachisi Rodri (5) ham oʻrin oldi.

Marosimda yana bir qator nominatsiyalarda gʻoliblar e'lon qilindi:

Lionel Messi — 8 karra «Oltin toʻp» sohibi!
Foto: Getty Images

Eng yaxshi ayol futbolchi — Aytana Bonmati («Barselona» / Ispaniya)

Lionel Messi — 8 karra «Oltin toʻp» sohibi!
Foto: Reuters

Yilning eng yaxshi klubi — «Manchester Siti» (Angliya)

Lionel Messi — 8 karra «Oltin toʻp» sohibi!
Foto: Getty Images

Yilning eng yaxshi ayollar jamoasi — «Barselona» (Ispaniya)

Lionel Messi — 8 karra «Oltin toʻp» sohibi!
Foto: Getty Images

Mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi — Jud Bellingem («Real»/Angliya)

Lionel Messi — 8 karra «Oltin toʻp» sohibi!
Foto: Getty Images

Mavsumning eng yaxshi darvozaboni — Emiliano Martines («Aston Villa»/Argentina)

Lionel Messi — 8 karra «Oltin toʻp» sohibi!
Foto: Getty Images

Mavsumning eng yaxshi hujumchisi — Erling Holand («Manchester Siti»/Norvegiya)

Lionel Messi — 8 karra «Oltin toʻp» sohibi!
Foto: Getty Images

Insonparvalik yordami uchun Sokratis sovrini — Vinisius Junior («Real»/Braziliya)

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar