22:22 / 31.10.2023
198

"Adidas" Messiga sakkizinchi marta "Oltin to‘p" olgani uchun 8 ta tilla uzuk sovg‘a qildi (foto)

"Adidas" Messiga sakkizinchi marta "Oltin to‘p" olgani uchun 8 ta tilla uzuk sovg‘a qildi (foto)

Xabaringiz bor, kecha Lionel Messi o‘zining sakkizinchi "Oltin to‘p" sovrinini qabul qilib oldi. U g‘oliblik uchun kurashda Erling Xoland va Kilian Mbappe kabi yosh yulduzlarni ortda qoldirdi.

Jahonga mashhur "Adidas" kompaniyasi Leoning sakkizinchi marta "Oltin to‘p" olgani munosabati bilan unga 8 ta tilladan yasalgan uzuklarni sovg‘a qildi.

Har bir uzuk Messining har bir sovrini uchun alohida dizayn asosida ishlangan. Ularning birida "91" (Lionel bir mavsumda urgan rekord gollar soni) yozuvini ko‘rish mumkin bo‘lsa, yana birida jahon chempionati sovrini aks ettirilgan va hokazo.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Adidas" Messiga sakkizinchi marta "Oltin to‘p" olgani uchun 8 ta tilla uzuk sovg‘a qildi (foto)