“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland o‘zi ishtirok etayotgan o‘yinlarda har 64 daqiqada golli vaziyatlarda ishtirok etmoqda.
Bu statistikani hisoblab chiqqan ekspertlari Angliya Premer-ligasida 40 tadan ko‘p uchrashuv o‘tkazgan o‘yinchilar ko‘rsatkichlarini asos qilib oldi.
Futbolchilik faoliyatini davom ettirayotgan o‘yinchilar orasida bu reytingga “Liverpul” forvadi Muhammad Saloh ham kiritildi. Misrlik yulduz har 93 daqiqada golli vaziyatlarda qatnashyapti.
Undan oldingi o‘rinlarni professional faoliyatini yakunlagan Terri Anri va Serxio Aguero har 86 daqiqada gol urgan yoki assist qayd etgan. Fransiyalik yulduz “Arsenal”da, argentinalik to‘purar “Manchester Siti”da porlaganini barcha muxlislar yaxshi biladi.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Muhammad Salohdan keyingi o‘rinni “Arsenal” va “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilgan Robin van Persi 102 daqiqa bilan egallab turibdi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring