21:44 / 01.11.2023
304

Mirjalol Qosimov: Aytishadi-ku, "palakat" oyoq ostida bo‘ladi deb

Mirjalol Qosimov: Aytishadi-ku, "palakat" oyoq ostida bo‘ladi deb

Coca-Cola Superliga 24-turidan o‘rin olgan OKMK – “Turon” (2:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Har ikki jamoa g‘alaba uchun harakat qildi. Muhimi, kerakli 3 ochkoga ega bo‘ldik. O‘ylaymanki, "Turon" futbolchilari ham yaxshi o‘yin namoyish etdi.

- Oldinda "Sepaxon"ga qarshi bellashuv kutib turibdi. Bu o‘yinga asosiy futbolchilar boradimi?
- Jarohatlar borasida muammomiz bor. Bu ham bir sinov. Yordam bera oladigan futbolchilar boradi. Tarkibga ko‘proq yoshlarni jalb qilganmiz. Chempionatimiz kurashlarga boy o‘tyapti. Shu sababli, jarohatlar ko‘payib ketdi. Kim qaysi o‘yinga borishini oldindan aytib bo‘lmaydi. Aytishadi-ku, "palakat" oyoq ostida bo‘ladi deb. Bu muammodan albatta o‘tib olamiz.

- Kubok finaliga bor e’tiborni qaratganmisiz?
"Sepaxon"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib olish kerak. Oldinda hali ancha o‘yinlar bor. Ungacha kim qanday holatda yetib borishi aniq emas.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: Aytishadi-ku, "palakat" oyoq ostida bo‘ladi deb