Lionel Messi o'zining sakkizinchi "Oltin to'p"ini qo'lga kiritdi. Futbolchi bilan muntazam hamkorlik olib borayotgan Adidas kompaniyasi ushbu sovrin sharafiga Messiga noodatiy sovg'a berdi. Kompaniya argentinalik futbolchiga sakkizta oltin uzuk sovg'a qildi. Har bir uzukda Messining faoliyatidagi yorqin hodisalar aks etgan.
"CHeksiz xotiralar, sakkizta uzuk, nol shubha", -deb yozadi Adidas kompaniyasi. Quyida har bir uzukning ko'rinishi bilan tanishishingiz mumkin.
2009 - "El Beso" 2009 yildagi CHempionlar Ligasi finalida Messi boshi bilan gol urgandi va uning butsasi echilib ketgandi.
2010 - "Apunta al cielo" Messining osmonni ko'rsatib nishonlagan goli. Bu gol nishonlash uning buvisiga ataladi.
2011 - "The G.O.A.T." Messi faoliyatidagi ketma-ket uchinchi "Oltin to'p"ni qo'lga kiritdi. The G.O.A.T (echki) – Barcha davrlarning eng zo'ri.
2012 - "El Año" Bu uzuk Messining o'sha rekord mavsumiga atalgan. 2012 yilda Messi 91 ta gol kiritgandi.
2015 - "La Cuarta Champions League" Messining to'rtinchi marta ECHLni yutganiga atalgan uzuk. Uzuk chetiga bu sovrinlar qo'lga kiritilgan yillar yozilgan. (2006, 2009, 2011, 2015)
2019 - "6th European Golden Boot". Ushbu uzuk Messi oltinchi "Oltin butsa"ni qo'lga kiritganiga bag'ishlanadi.
2021 - "The First International Trophy". Messining birinchi xalqaro sovriniga bag'ishlangan uzuk.
2023 - World Cup Triumph. Lionel Messining Jahon chempionligini qo'lga kiritganligiga bag'ishlangan uzuk.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring