Qozog‘iston mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘smirlar o‘rtasidagi bahslar yakunlandi. Yigitlar o‘rtasidagi janglarda O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta kumush va 8 ta bronza, jami 10 ta medalga sazovor bo‘ldi. Shu tariqa, o‘smirlar o‘rtasidagi bahslar nihoyasiga yetdi. Endi ertaga yoshlar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar aniqlab olinadi. Batafsil:
Kumush medal:
-54 kg: Shahbozbek Ergashev
-60 kg: Sardorbek Saidakbarov
Bronza medal:
-46 kg: Behruz Qurbonov
-52 kg: Ibrohim G‘iyosov
-57 kg: Suhrob Rahmatullayev
-63 kg: Shohjahon Alisherov
-70 kg: Muhammadsaid G‘ulomov
-75 kg: Norbek Abdullayev
-80 kg: Jahongir Ergashev
+80 kg: Muhammadrizo Alijonov.
MOQ matbuot xizmati
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar