Coca Cola Superligasi 24-turi doirasida "Paxtakor" - "Nasaf" (1:1) uchrashuvidan so‘ng, mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev uchrashuv haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
- O‘yin teng kurashlar ostida o‘tdi. Lima o‘z vaziyatidan foydalanganida natija boshqacha bo‘lar edi. Kuchli raqibga qarshi o‘ynadik. Kurash hali davom etadi. Charchoq alomatlari bizga ta’sir o‘tkazdi. Shu sababdan biz ko‘proq himoyalanib, qarshi hujumga o‘tishni reja qilgandik. Ikkinchi bo‘limda tashabbus raqib tomonda bo‘ldi.
- "Nasaf" so‘nggi uchrashuvlarda himoyaviy o‘yin namoyish etmoqda. Bunga sabab nima? Zich taqvimmi yoki uch frontdan birini qurbon qildingizmi?
- Yo‘q, biz hech nimani qurbon qilmadik. Natija yomon bo‘lmadi. "Paxtakor" bugun chempion bo‘lishiga yo‘l qo‘ymadik. Jadval tig‘izligi sabab, ko‘proq natija uchun o‘ynayapmiz.
- "Nasaf"ning hujum chizig‘idagi muammolariga izoh berib o‘tsangiz?
- Agar Lima gol urganida o‘yin boshqacha bo‘lar edi. Keyinchalik esa o‘zimizning darvozamizdan to‘p olib chiqdik. Bizning uslubimiz o‘z natijasini bermoqda. Siz jamoa holatini bilmaysiz va shu sabab shunday fikrlayapsiz.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring