Bundesliganing 10-turidan o‘rin olgan "Borussiya" - "Bavariya" uchrashuvi mehmonlarning 0:4 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Dastlab, 4-daqiqada Upamekano hisobni ochgan bo‘lsa, 9-daqiqada Keyn ham mezbonlar darvozasini ishg‘ol qildi. Ikkala golga ham Sane assistentlik qildi. Shundan so‘ng 72-daqiqaja yana ikki bor Keyn gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Ushba g‘alaba orqali "Bavariya" turnir jadvalida 26 ochko bilan ikkinchi o‘ringa joylashib oldi.
Borussiya D – Bavariya 0:4 (0:2, 0:2)
Gollar: 0:1 – 4 Upamekano, 0:2 – 9 Keyn, 0:3 – 72 Keyn, 0:4 – 90 Keyn.
Borussiya D – Kobel, Xummels, Shlotterbek, Ryuerson, Roys, Zabitser, Brandt (Mukoko, 66), Ozdjan (Nmecha, 57), Volf (Zyule, 46), Malen (Adeyemi, 57), Fyullkrug (Aller, 79).
Bavariya – Noyer, Mazraui, Upamekano (Pavlovich, 60), Kim Min Chje, Devis, Goretska, Laymer, Koman, Sane (Myuller, 89), Musiala (Shupo-Moting, 89), Keyn.
Ogohlantirishlar: Sane (22), Xummels (61), Ryuerson (74), Zabitser (76), Laymer (85).
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring