OCHL 4-turida OKMK "Sepaxon" mehmoni bo‘lib 9:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘yindan keyin Mirjalol Qosimov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Shokdamiz. Ikkinchi golgacha hammasi yaxshi ketayotgandi. Undan keyin nimalar bo‘lganini bilmayman. Bu biz kutgan natija emasdi. Ushbu mag‘lubiyat faoliyatimdagi eng yomoni. 10 yaxshi narsa qilasiz, lekin birgina xato o‘yinga ta’sir qiladi", - dedi Qosimov.
Ma’lumot uchun, OKMK A guruhida 0 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. Klubning keyingi uchrashuvi "Al-Ittihod"ga qarshi bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar