U-17 terma jamoamizni yirik hisobdagi mag‘lubiyatidan so‘ng keskin tanqidlar boshlanib ketishi aniq. Mayli, bu barchaning shaxsiy fikri va qarashi. E’tirozim yo‘q. Biroq Jahon chempionatlarida natija uchun o‘ynab nechta avlodni boy berganimiz yoddan ko‘tarilmasin.
O‘sha Meksikada natija qilib millat qahramoni darajasiga ko‘tarilgan U-17 jamoaning birorta a’zosi TOP darajada futbol o‘ynamadi.
Superyulduz bo‘lishi taxmin qilingan Abbos Maxstaliyev-ku, 1 yildan beri yoshi o‘qlanganini aniqlashtiradigan savoldan qochib intervyu bermay yuribdi.
Futbol - bugungi natija bilan o‘lchanadigan darajada kichik narsa emas. Bugungi yoshlar ertangi terma a’zosiga aylanishi kerak. Mayli yutqazsin, 10 talab javobsiz to‘p olib chiqsin, farqi yo‘q. Asosiysi, tizim to‘g‘ri ishlasin. Doim o‘z yoshidagi eng munosiblar mundialga borsin. Kelajakda kuchli avlodga ega bo‘lishni istasak, mana bunaqangi futbol forumlarida sovuqqonroq bo‘lishni o‘rganish lozim.
O‘zi shundoq ham chorak asrni kattalarni oldida "ochko" ishlashga sarflab yubordik. Natija-ku qildik, ammo tizim ishlamadi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring