Eron yordamchi murabbiyi Andranik Teymuryan JCH-2026 saralash bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Alirizo Jahonbahshning o‘yinda ishtirok eta olmasligi achinarli, u terma jamoaning eng samarali o‘yinchilaridan biri edi. Biroq jamoa lageridagi muhit yaxshi. Umid qilamanki, O‘zbekistonga qarshi yaxshi o‘yin namoyish etamiz.
O‘zbekiston kuchli jamoa sanaladi, ular himoyalanish va hujumlarni tashkil etishda ajoyib harakatlanishadi. Bo‘lajak raqibimiz Gongkongdan ancha kuchli, biz SAFA turnirida ro‘baro‘ kelganmiz. O‘zbekistonning kuchli va zaif tomonlarini o‘rgandik. O‘zbekiston Eron kabi o‘yin namoyish etadi. Bizni qiyin bellashuv kutib turibdi. Uchrashuvda uch ochko qo‘lga kiritishga harakat qilamiz", - dedi eronlik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston – Eron uchrashuvi 21 noyabr kuni 18:00 da start oladi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring