U-17 Jahon chempionatida O‘zbekistondan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin Angliya termasi bosh murabbiyi Rayan Garri fikrlarini bildirdi.
"Biz o‘z darajamidan past o‘ynadik, buni tan olaman. To‘pni o‘zimizda juda ko‘p ushlab turdik va ko‘plab yarimta vaziyatlarga ega bo‘ldik. Ikkala jarima maydonchasi ichida yetarlicha sovuqqon bo‘lolmadik. O‘tkazib yuborilgan birinchi goldan jahlim chiqdi, bundan yetarlicha saboq olamiz.
Umuman olganda turnirda 4ta yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Bunday darajadagi musobaqalarda mayda detallar hammasini hal qiladi va biz buni tushunib oldik. Bu yoshlar uchun biroz achinaman, chunki oldimizda katta muddatli maqsadlar bor va ular o‘zidan katta yoshdagilar bilan o‘ynashga ham tayyor.
Ishonaman, biz nafaqat ushbu o‘yin, balki, guruh bosqichidagi barcha uchrashuvlardan o‘zimiz uchun yetarlicha xulosa chiqaramiz", - dedi Rayan Garri.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring