Hujumchi Amirbek Saidov Jahon chempionatida 4 ta gol bilan O‘zbekiston U-17 terma jamoasi to‘purari bo‘ldi.
Uning Angliya, Kanadaga urgan gollari g‘alabalarda muhim rol o‘ynadi. Kecha tantanali kutib olish marosimida Amirbek Saidov va uning otasi Alisher Niyazovga mikrafon tutdik.
"Musobaqani katta qiziqish va hayajon bilan kuzatdik. Nafaqat o‘g‘lim Amirbek, balki butun terma jamoamiz uchun xursandman. Terma jamoa murabbiylari, shifokorlari, rahbariyatga minnatdorchilik bildirib qolaman. Butun jamoa birlashib, munosib natija ko‘rsata olishdi. Jahon chempionatida har bir futbolchi gol urishni, o‘zini ko‘rsatishni istaydi. Amirbekning gollarida barchaning mehnati bor. Bu – lotereya. Umuman, terma jamoadagi barcha o‘yinchilar borlarini bergani ko‘rinib turdi.
Endilikda barchasi o‘ziga bog‘liq. O‘z ustida ishlashdan to‘xtamasa, katta jamoalarda ham o‘ynaydi. Men bunga ishonaman", – dedi futbolchining otasi Alisher Niyazov.
"Jahon chempionati yuqori kayfiyatda o‘tdi. Ko‘rganingizdek, biz ko‘prog‘iga loyiq edik. Maqsadimiz chempionlik edi. Umuman, barchasi a’lo darajada o‘tdi. Boshida biroz tempga kirishish qiyin bo‘lganini hisobga olmasa, qolgan o‘yinlarda O‘zbekistonning nimalarga qodirligini ko‘rsatdik. Maydonda Angliyami yoki Fransiya, barcha raqibni mag‘lub etishga tayyor edik", – dedi Amirbek Saidov.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring