21:23 / 01.12.2023
129

Maksim Shatskix: "Bu biz uchun o‘rtoqlik o‘yini edi"

Maksim Shatskix: "Bu biz uchun o‘rtoqlik o‘yini edi"

Sosa Sola Superliga 26-turi doirasida "Bunyodkor"ga qarshi o‘yindan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim Shatskix fikrlarini bildirdi.

- Hayrli kech, nima ham derdim. Bu biz uchun o‘rtoqlik o‘yini kabi edi. Chempionlikni hal qilib bo‘lganmiz. Shu sababli o‘yindan ma’no yo‘q edi.

- Bugun chempionlikni hal qiladigan o‘yin bo‘lganida "Paxtakor" o‘yinga boshqacha yondashgan bo‘larmidi?

- Albatta. Maydonda boshqa futbolchilar va boshqa o‘yin bo‘lardi. Bu aniq. Biz kam imkoniyatga ega bo‘lgan futbolchilarni ko‘rib oldik va o‘zimiz uchun ma’lumotlar oldik.

- "Paxtakor"ning kelasi mavsum uchun tarkibida qaysi pozitsiyalarida o‘zgarishlar ko‘ramiz?

- Barchasini bilib olasiz. Buni hozir ayta olmayman.

- "Paxtakor" so‘nggi yillarda 18ta gol o‘tkazib yuborib chempion bo‘layotgandi. Bu mavsumda jamoa 25ta gol qo‘yib yubordi. Buning sababi nimada?

- Himoyada juda yomon o‘ynayapmiz. Faqatgina himoyachilar emas. Hamma himoyalanadi, hamma hujum qiladi. Shunchaki juda yomon himoyalandik. Shu sababli shuncha gol o‘tkazib yubordik. O‘tgan safargi matbuot anjumanida ham aytgandim, bu bizni havotirga solayotgan asosiy jihat. Tabiiyki, bu borada ishlaymiz.

- "Paxtakor"ning so‘nggi "Surxon" va "Al ayn" bilan o‘yinlarida Azmiddinov va Hamraliyev tandemi gol olib keldi. Shu haqida fikriz?

- Azmiddinovning kichik jarohati bor. U "Al Ayn"ga qarshi o‘yinda jarohatlangandi. Bunga qadar asosan xatolarimiz sababli gol o‘tkazib yuborayotgandik. Barcha xato qiladi. Ular ham biz qatori odam. Bunday xatolar bo‘lmasligi yoki kamroq bo‘lishi uchun ishlashda davom etishimiz kerak. Aslida himoyachilar o‘yin davomida xato qilishlari uchun umuman haqqi yo‘q, darvozabon ham. Doimo nimaningdir ustida ishlash kerakligi yaxshi narsa. Mavsumlar oralig‘ida bu borada ishlaymiz.

- "Paxtakor" kelasi yili Elita ligada ishtirok etadi. Osiyoning kuchli jamoalari bilan raqobatlashish uchun "Paxtakor"ga kuchli legioner kerak, ayniqsa, hujumda. Klub rahbariyati bu masalaga qanday qaramoqda?

- Siz hozirgi futbolchilarimizga ishonmaysizmi?

- Agarda raqib "Al Hilol" yoki "Al Nassr" bo‘lsa, ishonmayman.

- Shu o‘yinlar kelsa, barchasini ko‘ramiz. Tarkibni kuchaytirishimiz aniq. Gap pulda. Allaqachon legioner izlamoqdamiz. Bizga yaxshi hujumchi va vinger kerakligi o‘zimizga ham tushunarli. Biroq barchasi o‘ylaganimizdek ketmayapti. Shu sababli o‘z futbolchilarimizga ishonishimiz kerak. Tarkibimizning katta qismi milliy, yoshlar, olimpiya termalarida o‘ynashadi. Qaysi pozitsiyani kuchaytirishni bilamiz. Tarkibda o‘zgarishlar, yangilanishlar bo‘lishi aniq. Bu futboldagi normal ish jarayoni. Umid qilamanki, kelasi mavsumda jamoani yetarlicha darajada kuchaytira olamiz. Yana bir marta takrorlayman, qishki transferlar oynasi biz uchun noqulay keladi. Chunki ko‘plab futbolchilar bilan shartnoma bor. Shartnomasi tugamagan futbolchilar ishini yozgi transferlar oynasi vaqtida ko‘rib chiqamiz. Janubiy Amerika yoki Yevropadan futbolchi olib kelamiz. Bizda esa katta transferlar oynasi qishda bo‘ladi. Katta muammo shunda - tarkibdagi deyarli barcha futbolchilarning shartnomasi bor. Yozda ayrimlari erkin agent bo‘ladi. Bizga transferlar oynasida ko‘proq ma’lumotlar kerak, shu orqali kimlarni olib kelishimizni bilib olamiz.

- U-17 terma jamoasi jahon chempionatiga "Paxtakor"dan faqatgina ikki nafar futbolchi chaqirildi. Bu "Paxtakor"ni havotirga solmaydimi?

- Bilasizmi, har bir futbol akademiyasida bir yosh toifasi proval bo‘ladi. Bundan qochib bo‘lmaydi. Ha, tanlov jarayoni doimgidek bo‘ladi. Ammo shunday holatlar bo‘lib turadi. Yo‘q, bu holat bizni tashvishga solmaydi. Chunki akademiyamizning ko‘plab futbolchilari turli yoshdagi termalarning asosini tashkil qiladi. Qishki yig‘inlar davomida tarkibimizning katta qismi bizning ixtiyorimizda bo‘lmaydi. Bu qishki tayyorgarlik jarayoniga halaqit qiluvchi eng asosiy jihat. Ular qaytganida esa qanday holatda ekanligini bilmaymiz. Ularni shug‘ullantirishga vaqt bo‘lmaydi. Bir tomondan olib qaralsa, ko‘plab yoshlarimizning termada ekanligidan faxrlanamiz. Biroq bu murabbiylar shtabi uchun unchalik yoqimli holat emas. Biz futbolchilarimiz doimo yonimizda bo‘lishini istaymiz. Ana o‘shanda ular biz nimalarni talab qilayotganimizni tezroq tushunib olishadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Maksim Shatskix: "Bu biz uchun o‘rtoqlik o‘yini edi"