16:50 / 04.12.2023
135

Ro‘ziqul Berdiyev: "Ertaga faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Ertaga faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz"

OCHL oltinchi turidan o‘rin olgan "Al Sadd" va "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi bahsdan oldin mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida qatnashdi.

- Bosh murabbiyning ertangi o‘yin haqidagi fikrlari qanday?

- Ikki jamoa ham futbol o‘ynashni yaxshi ko‘radi va raqibga ham o‘ynashga beradi. Ammo ikkala jamoaning ham bu o‘yindan oldingi maqsadi bor. Ikki jamoa ham keyingi bosqichga chiqishni maqsad qilgan.

Alibek Davronov: Ertaga bizni muhim uchrashuv kutib turibdi. Mavsumni yaxshi yakunlashimiz uchun g‘alaba qozonishimiz kerak.

- Ikkala jamoada ham keyingi bosqichga chiqish imkoniyati mavjud. Shu haqida fikringiz qanday?

- Ha, guruhdagi uchta jamoada ham keyingi bosqichga yo‘l olish imkoniyati saqlanib turibdi. O‘ylaymanki, hamma jamoaga bunga harakat qilamiz. To‘g‘ri, bizni ertaga durang ham qanoatlantirishi mumkin, ammo biz g‘alaba qozonish uchun harakat qilamiz. Sababi, durang yaxshi oqibatlarga olib kelmasligi mumkin. Shunday ekan, ertaga o‘z o‘yinimizni namoyish qilib, g‘alaba qozonishni maqsad qilamiz. Iordaniyadagi o‘yinga esa ko‘p ham e’tibor qaratmaymiz. Asosiy e’tibor o‘z o‘yinimizga qaratiladi.

- "Al Sadd" jamoasiga yangi murabbiy tayinlangan. Bu sizning rejalaringizga o‘zgarish kiritadimi?

- Albatta, har bir murabbiy jamoada o‘zgarish qilishga harakat qiladi. Menimcha, bu narsa biz uchun unchalik ham muhim emas. "Al Sadd" Osiyodagi eng chiroyli futbol o‘ynaydigan jamoalardan biri. Shu nuqtai nazardan qaralsa, istalgan murabbiy kelsa ham jamoaning maqsadi o‘zgarmaydi.

- Jamoadagi yo‘qotishlar haqida gapirib o‘tsangiz?

- Bizda ba’zi yo‘qotishlar bor. Qolgan o‘yinchilarimiz bo‘lajak o‘yinga shaylar. Bizdagi bor o‘yinchilar jarohatlanganlarni o‘rnini bosa olishadi deb o‘ylayman.

- Savolim Alibek Davronovga. Ertangi o‘yinda qanday harakat qilishni rejalashtirgansizlar?

- Murabbiyim aytganidek, "Al Sadd" har doim kuchli jamoa bo‘lgan. Ertaga bo‘shashmasdan, faqat g‘alaba uchun harakat qilamiz. Boshqa narsalarga e’tibor bermaymiz.

- Futbolchiga savol bermoqchi edim. Ertangi o‘yinda raqib muxlislari qarshisida harakat qilasizlar. Buni sizga qanchalik ta’siri bor?

- Bu qancha muxlis kelishiga bog‘liq albatta. Umuman olganda, bunga o‘rganib qolganmiz. O‘zbekiston chempionatida ham bunday holat ko‘p bo‘lgan. Biz bunday holatlarga ko‘nikkanmiz.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Ertaga faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz"