"Al Sadd" hamda "Nasaf" o‘rtasidagi OCHLning guruh bosqichi 6-tur o‘yinidan (2:2) mehmonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev va uchrashuvning eng yaxshi fubolchisi Jambuli Jigauri ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Ro‘ziqul Berdiyev: "Muxlislarimiz va vatandoshlarimizni g‘alaba bilan tabriklamoqchiman. Kuchli jamoalarni mag‘lub etib, keyingi bosqichga chiqdik.
O‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsak, "Al Sadd" uchrashuv startida faol bo‘lishini bilgadik. Birinchi bo‘limda ustunlikni raqibga topshirdik, ikkinchi bo‘limda o‘zgarishlar orqali o‘yindagi ustunlikni o‘z tomonimizga og‘dirdik".
Jambuli Jigauri: "Nasaf" muxlislari va o‘zbekistonliklarni jamoa keyingi bosqichga yo‘l olgani bilan tabriklamoqchiman. Birinchi bo‘lim qiyin o‘tdi, ammo ikkinchi taymda yaxshi o‘ynab, o‘z so‘zimizni ayta oldik. Jamoaga keyingi bosqichga chiqishda yordam berganimdan juda xursandman. "Al Sadd" kuchli jamoa ekan, ularga keyingi bahslarda omad tilayman. Turnir davomida oxirigacha kurashib, bor kuchimizni ishga solamiz".
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring