Amalga oshishi kutilayotgan transferlar

Yozgi transfer oynasi yopilishiga bir oydan kam vaqt qoldi. Shu vaqt davomida dunyo ahli yana bir nechta qiziqarli transferlarni guvohi bo‘lishi mumkin. Quyida shular borasida so‘z yuritamiz.
Nemanya Matich (“Chelsi”)
Xaridor: “Yuventus”
Serbiyalik xavbek yaqin orada “Yuventus”ga o‘tishi kutilmoqda. Transfer masalasida tomonlar kelishuv olib borishmoqda. Bu esa o‘z tasdiqini topishi mumkin. “Yuventus” Matich borasida yaxshiroq taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda. Ko‘ramiz, bu o‘zini qanchalik oqlaydikan?
Riyad Maxrez (“Lester”)
Xaridor: “Arsenal”
Londonning “Arsenal” jamoasi “Lester” futbolchisini sotib olishga jiddiy kirishgan. Avvalroq, ular Jeymi Vardini xarid qilmoqchi bo‘ldi. Lekin transfer amalga oshmaganidan keyin, bor e’tibor Maxrezga qaratilgan. “To‘pchilar” 20 million funt sterling evaziga uni xarid qilishi mumkin.
Mauro Ikardi (“Inter”)
Xaridor: “Napoli”
Gonsalo Iguaindek hujumchisidan ayrilgan “Napoli” uning joyini munosiblari bilan to‘ldirishni istamoqda. Eng yaxshi variant deb Mauro Ikardiga to‘xtalishgan. Ikardi bo‘yicha taklif bilan chiqishgan. Lekin hozircha bu o‘z tasdiqini topganicha yo‘q. Bunga sabab shuki, “Inter” Ikardini katta mablag‘ga sotmoqchi. “Napoli” ham 70 million evro berishni rejalashtirgan. Tabiiyki, bu mablag‘ “Inter”ni to‘laqonli qoniqtiradi.
Karlos Bakka (“Milan”)
Xaridor: “Vest Xem”
Angliyaning “Vest Xem” jamoasi o‘z safini “Milan” to‘purari Karlos Bakka bilan to‘ldirib olishi mumkin. Tomonlar shu masalada muzokaralarni boshlab yuborishgan. Xabarlarga ko‘ra, Bakka “rossonerilar”ni tark etmoqchi. “Milan” ham bunga qarshi emas. Sababi shuki, “Milan”da moliyaviy tomonlama muammolar yuzaga kelgan. Bakkani sotib yuborishni rejalashtirgan. “Vest Xem” vakillari yaqin orada hujumchi bilan bir to‘xtamga kelishlari taxmin qilinmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing