Yengil vazn toifasida (70,3kg) UFC chempioni Islom Maxachevning murabbiyi Xaver Mendes shogirdi va Arman Sarukyan o‘rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
“Men Sarukyan va Dariush o‘rtasidagi jangini ko‘rdim. Bu juda ta’sirli edi. Islom va Arman o‘rtasidagi kurash ham o‘z tarixiga ega, birinchi jangda Maxachev juda og‘ir kunlarni boshdan kechirgan bo‘lishiga qaramasdan, g‘alaba qozongan edi. Hozir ham 'marketing mashinasi" bo‘lgan UFC ular o‘rtasida revansh jangini tashkil qilishni xohlaydi. Lekin, to‘g‘risini aytsam, Sarukyandan yuqoriroq qatorda turganlar ko‘p. Masalan, Jastin Getji va Charlz Oliveyradir. Shu bois, Sarukyan bilan bo‘ladigan revansh jangini keyinroqqa qoldirish kerak, deb hisoblayman. O‘ylaymanki, tez orada biz Maxachevning Charlz yoki Jastin bilan jangini ko‘ramiz. Arman bilan jang esa keyinroq tashkil qilinadi. Menimcha, Sarukyan ham yana jang o‘tkazishi kerak", - deya Mendes so‘zlarini keltiradi MMA News.
Eslatib o‘tamiz, Maxachev(25-1) va Sarukyan(21-3) 2019 yilda uchrashishgan va ushbu jangda Islomning qo‘li baland kelgan edi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring