Pep Gvardiola: "Endi klubdagilar g‘alabalar qiyinchilik bilan qo‘lga kiritilishini tushunishdi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola klubni uyg‘otish kerak deb hisoblaydi. U yaqinda bergan o‘z intervyusida bu haqda quyidagilarni bayon qildi.
"Klubdagi barcha kelasi mavsum YECHLni o‘tkazib yuborishimiz mumkinligini bilishadi. Biz chin yurakdan mehnat qilishimiz kerak. So‘nggi yillarda bo‘lgan ishlar hech nimani o‘zgartirmaydi. Bu holatdan tezroq chiqib ketish kerak.
Qarshi holatda esa hech nima o‘zgarmaydi. Kelasi mavsumni ham shu ruhda davom ettiramiz. Hozir endi dekabr, hatto birinchi davra yakunlanmadi, oldinda o‘yinlar juda ko‘p.
Klubga shu narsa kerak edi. O‘tgan oy davomida klubni silkitib uyg‘otish kerak deb hisoblayotgandim. Buning ortidan natijalar yomonlashishi mumkinligini his qilgandim. Faqatgina yomon natijalar haqida o‘ylayapman. Ko‘rdingizki, g‘alabalarga erishish og‘ir bo‘ladi. Klubdagilar buni endi tushunib yetishmoqda.
Raqiblarning g‘alabaga tashnaligini ko‘rib turibman. Bu narsa bizga ham qaytishi uchun o‘ynash kerak. Biroq muammo shundaki, bu mag‘lubiyatlar orqali turnirni boy berish mumkin", - dedi Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" APLdagi so‘nggi to‘rt o‘yinida 3 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etdi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring