“Manchester Yuayted” afsonalaridan Roy Kin hozirgi jamoa haqida keskin fikr bildirdi. Bu turda Erik ten Xag shogirdlari “Old Trafford”da Bornmutdan yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi.
Roy Kin Metro nashri jurnalistlari bilan suhbatda hozirgi tarkibda talaba javob bermaydigan o‘yinchilar jamlanganini ta’kidlagan.
Sobiq futbolchi jamoadan ketishi kerak bo‘lgan o‘yinchilar sifatida Sufyon Amrabat, Jeydon Sancho, Antoni Marsyal, Antoni, Kristian Eriksen, Jonni Evans, Diogu Dalot, Rafael Varan, Harri Maguayr va Viktor Lindelofni tilga olgan.
Roy Kin 1993-2005 yillar davomida “Manchester Yunayted” tarkibida yetti karra Angliya chempioni bo‘lgan. Bir marta Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar