Ueyn Runi uyiga o‘g‘ri tushdi


“Manchester Yunayted” jamoasi hujumchisi Ueyn Runining 6 million funt sterling turadigan xonadoniga o‘g‘ri tushganligi ma’lum bo‘ldi.
Bu vaqtda Runi oilasi bilan “Old Traffor”da o‘zining sharafini o‘tkazilgan hayriya uchrashuvida bo‘lgan. Niqobli o‘g‘rillar uyga kirish chog‘ida, muammoga duch kelishgan. Ya’ni, Cheshirdagi uyidagi signalizatsiya ishlab ketgan. Natijada, voqea joyiga politsiyalar yetib kelgan. O‘g‘rilar esa sh zahoti voqea joyidan qochib qolishgan. Hozirda o‘g‘rilarni qidiruv ishlari boshlangan.






























Izohlar 0
…