Kanadaning Toronto shahrida shaxmat bo‘yicha Champions Chess Tour Finals 2023 turniri bo‘lib o‘tdi.
Umumiy mukofot jamg‘armasi 500 000 dollarni tashkil etuvchi ushbu musobaqaning final bosqichida dunyoning sakkiz nafar kuchli grossmeysteri qatorida o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etdi.
14 dekabr kuni yarim final bosqichi juftliklarining ikkinchi set bahslari o‘tkazildi va finalga yo‘l olgan shaxmatchilar nomi ma’lum bo‘ldi. Birinchi juftlikda amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen amerikalik Fabiano Karuanani 3:2 hisobida mag‘lub etdi.
Ikkinchi yarim finalda esa Nodirbek birinchi setdagi ustunligini saqlab qola olmadi. Raqib Uesli So ikkinchi setda 2,5:1,5 hisobida g‘alaba qozonib, hisobni tenglashtirdi. G‘olib nomini aniqlab bergan uchinchi setning ikki partiyasida ham durang natija qayd etildi. Finalchini aniqlagan armagedon partiyasida Nodirbek mag‘lub bo‘ldi.
Shu tariqa Abdusattorov turnirni 3-o‘rinda yakunladi. O‘zbekistonlik grossmeyster 50 ming dollar mukofot pulini qo‘lga kiritdi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring