Joan Laporta Xavining ba’zi ish uslublaridan mamnun emas.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "Barselona" prezidentiga murabbiyning "Portu" (2:1) va "Atletiko"ga (1:0) qarshi bahslardan so‘ng bergan ikki kunlik ta’tili va yigitlarni kartingga olib borish qarori yoqmadi.
O‘tgan haftada, 7 dekabr kuni, Xavi jamoani kartingga olib bordi. Murabbiylar bu yo‘l bilan futbolchilar o‘rtasidagi ishonchni oshirishga harakat qilishadi.
3 kun o‘tib "Barselona" "Jirona"ga 2:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Keyingi kun "Barselona" "Antverpen"ga qarshi o‘yin uchun qaydnoma e’lon qildi va unda Robert Levandovski, Ilkay Gyundogan hamda Ronald Arauxolar yo‘q edi. Vaziyatga Laporta va Deku aralashganidan so‘ng, Xavi qaydnomani o‘zgartirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, karting g‘oyasi aynan Xavidan chiqqan.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring