date
views 139

MMA terma jamoamiz Osiyo chempionatida 26 ta medalni qo‘lga kiritdi

MMA terma jamoamiz Osiyo chempionatida 26 ta medalni qo‘lga kiritdi

Xabar berib o‘tganimizdek Bahraynning Manama shahrida havaskor MMA bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Kecha ushbu qit’a birinchiligi o‘z yakuniga yetdi. O‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan qit’a birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Yakunda O‘zbekiston terma jamoasi kattalar o‘rtasida 4 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medaliga ega chiqishgan bo‘lsa, 18-20 yoshlilar o‘rtasida 6 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medalini, 12-17 yosh toifasida esa 1 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronzani qo‘lga kiritdi. Jami, 12 ta oltin, 9 ta kumush va 5 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Albatta, ushbu muvaffaqiyatli ishtirok bilan barcha delegatsiya a’zolarini tabriklaymiz!

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » MMA terma jamoamiz Osiyo chempionatida 26 ta medalni qo‘lga kiritdi