Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" hamda "Persepolis" klublari o‘rtasidagi o‘yin nihoyasiga etdi.
Unda 0:1 hisobi qayd etilib, eronliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yin kutilganidek "Bunyodkor"ning hujumlari bilan boshlandi. Maydon egalari tinimsiz raqib darvozasi yonida xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Ammo, hisobni ochish Eron vakillariga nasib qildi.
O‘yinning 21-daqiqasida Muhammad Nuri belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, "Persepolis"ni oldinga olib chiqdi. Kiritilgan goldan so‘ng "Bunyodkor" futbolchilari oldinga tashlanishdi. Bir qancha vaziyatlar yuzaga kelsada, to‘p eronliklar darvozasiga kirishni istamasdi.
O‘yin oxirlarida "Bunyodkor" ko‘plab hujumlarni amalga oshirdi, lekin javob golini ura olmadi.
Shu tariqa "qaldirg‘ochlar" guruhdagi birinchi mag‘lubiyatlarini qabul qilib olishdi.
OChL, 2-tur "A" guruhi
"Bunyodkor" - "Persepolis" — 0:1
Gol: Muhammad Nuri (21, pen)
"Bunyodkor": Akbar To‘raev, Akmal Shorahmedov, Artyom Filiposyan, Samir Bekrich, Ivan Miloshevich, Shokir Zuagi, Javlon Ibrohimov, Akromjon Komilov, Dostonbek Hamdamov, Sardor Rashidov, Eldor Shomurodov.
"Persepolis": Sousha Makoni, Omid Alishoh, Maykl Umanya, Muhsin Bengar, Muhammad Nuri, Mehdi Taremi, Alirizo Nurmuhammadi, Xodi Nouruzi, Ahmad Nurullahi, Fernando Gabriel, Babak Hatami.
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Metabolizm sekinlashganining belgilari