date
views 359

Xayrulla Hamidov: Jamoaning uzoq yillik murabbiyi chindan ham "Nasaf"ni chempion qilib ketarmikan?

Xayrulla Hamidov: Jamoaning uzoq yillik murabbiyi chindan ham "Nasaf"ni chempion qilib ketarmikan?

“Nasaf” klubi rahbariyati amaldagi bosh murabbiy Ro‘ziqul Berdiyev bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qildi. Tomonlar 2024 yilning so‘ngiga qadar amal qiladigan bitimni imzolashgan.

Ushbu voqelikdan so‘ng taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidov telegramdagi sahifasida qisqacha fikr bildirdi. 

- Ro‘ziqul Berdiyev "Nasaf"da yana bir yil ishlaydigan bo‘ldi. 2024 yilning oxirigacha imzolangan shartnomadan olinadigan xulosa, albatta, bitta: chempionlik!

Jamoaning uzoq yillik murabbiyi chindan ham "Nasaf"ni chempion qilib ketarmikan yo undan oldin "Neftchi" shohsupaga chiqishga ulgurarmikan?!, - deya post qoldirdi Xayrulla Hamidov.

"Nasaf" Ro‘ziqul Berdiyev bosh murabbiyligi davrida O‘zbekiston chempionatining besh karra bronza va uch marta kumush medallari sohibiga aylandi, shuningdek, to‘rt marta O‘zbekiston Kubogi va ikki bor O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xayrulla Hamidov: Jamoaning uzoq yillik murabbiyi chindan ham "Nasaf"ni chempion qilib ketarmikan?