“Barselona” rahbariyati yozda Robert Levandovskini sotib yuborishni rejalashtirayotgan edi. Kataloniyaliklar eng katta maosh olayotgan futbolchidan qutilish evaziga moliyaviy feyr-pley bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘lishni mo‘ljallagan.
Klub rahbariyati polshalik forvarddan bo‘shagan pullarga bir nechta yangi o‘yinchini transfer qilishni istayotgan edi.
Robert Levandovski bu xabarlarga javoban, kelasi mavsumni ham “Barselona”da o‘tkazishi va hech qayoqqa ketmasligini ta’kidladi.
Sport nashrining xabar berishicha, 35 yoshli hujumchini Kataloniyada hamma narsa qoniqtirmoqda. Yaqinda Robert Saudiya Arabistonidan katta daromadli takliflarga rad javobini berdi.
Mohir to‘purarning “Barselona” bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha davom etadi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring