Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston, 2727) rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionatining 1-turida Liam Vroliyk (Niderlandiya, 2498)ni mag‘lub etdi.
Shuningdek, Nodirbek Yoqubboyev, Javohir Sindorov, Afruza Hamdamova, Marjona Malikova va Umida Omonova ham ilk turda g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand shahri 25-30 dekabr kunlari shaxmatning Rapid&Blis yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Chempionatning ochilish marosimi kecha, 25 dekabr kuni Samarqanddagi «Silk Road Samarkand» majmuasida bo‘lib o‘tdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar