"Al-Ittihod"ga qarshi o‘yinda Krishtianu Ronaldu ikki marta penaltini aniq amalga oshirib, dubl qilishga muvaffaq bo‘ldi. Aniqrog‘i, portugaliyalik hujumchi 2023 yildagi 53-golini urib, to‘purarlar poygasida birinchi o‘ringa chiqib oldi.
Kurashda Kilian Mbappe, Xarri Keyn (52 tadan gol) va Erling Xoland (50 ta gol) bor edi. Kilian Mbappe va Xarri Keyn ushbu yildagi so‘nggi o‘yinlarini o‘tkazib bo‘ldi. Faqatgina "Manchester Siti"ni oldinda ikkita uchrashuv kutib turibdi. Norvegiyalik strayker jarohatdan qaytib, kamida xet-trik qilishiga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumot uchun, "An-Nasr" hisobida yana bitta o‘yin bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar